Agent Bonuchchining asosiy maqsadi nima ekanligini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 36
"Yuventus" himoyachisi Leonardo Bonuchchi manfaatlarini himoya qiluvchi futbol agenti Alessandro Luchchi o'z mijozining kelajagi haqida gapirdi.
"Men Bonuchchi haqida juda ko'p fantastik mish-mishlarni eshitganman, lekin uning asosiy istagi - bir necha oy oldin klub sardoriga aylangan "Yuventus"da qolish. U jahon darajasidagi futbolchi, Italiya terma jamoasi sardori va “Yuventus” etakchisi. Agar bozordagi vaziyat o'zgarsa, biz hamma uchun eng yaxshi echimni topish uchun faqat uning darajasiga mos variantlarni ko'rib chiqamiz", - dedi agent.
Avvalroq futbolchi xizmatiga “Inter” va “Latsio” klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!