"Atalanta" Ture transferini yakunlashga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 36
Jurnalist Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Almeriya" hujumchisi El-Bilal Ture yaqin orada "Atalanta"ga o'tishi mumkin.
Manbaga ko'ra, 21 yoshli malilik futbolchi bilan shartnoma bugun imzolanadi. Bergamoliklar futbolchi uchun 28 million evro va 3 million evro bonus to'laydi, bu esa klub uchun rekord bo'ladi.
Ture o'tgan mavsumda La Ligada 21 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!