Allegri Zaxaryanning nomzodiga rad javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34
"Dinamo" yarim himoyachisi Arsen Zaxaryan yozda "Yuventus"ga o'tishi mumkin edi.
Metaratings nashri xabariga ko'ra, Turin klubiga 20 yoshli rossiyalik futbolchini sotib olish taklifi tushgan.
"Yuventus" rahbarlariga Zaxaryanning nomzodi yoqdi, biroq bosh murabbiy Massimiliano Allegri transferni rad etdi.
Zaxaryanning bozor qiymati 15 million evro. O'tgan mavsumda yarim himoyachi 37 o'yinda 5 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq uni “Chelsi”, “Ayaks”, “Feyenoord”, “Galatasaroy” sotib olishga uringan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!