"Beshiktosh"ning marokashlik futbolchisi Qatarga ko'chib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31
52Marokash terma jamoasi etakchilaridan biri, markaziy himoyachi Romae Saiss Istanbulning "Beshiktosh" klubini tark etib, Qatarning “As-Sadd” jamoasiga o'tdi. Bu haqda Qatar klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, "Beshiktosh" 32 yoshli futbolchini sotishdan 2,5 million evro ishlab topgan.
Eslatib o'tamiz, Saiss o'tgan yilning kuz-qishida Qatarda bo'lib o'tgan jahon chempionatida to'rtinchi o'rinni egallagan Marokash terma jamoasi etakchilaridan biri edi.
Avvalroq futbolchilik faoliyatida “Beshiktosh”dan tashqari “Klermon”, “Gavr”, “Anje”, “Vulverxempton” kabi klublarda o'ynagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!