"An-Nasr" "Bavariya"ga Mane uchun 40 million evro taklif qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32
CBS Sports jurnalisti Jeyms Benjning xabar berishicha, "An-Nasr" Saudiya Arabistoni sport vazirligi qoshidagi o'yinchilarni xarid qilish bo'yicha mukammallik markaziga bitimni moliyalashtirish uchun so'rov yuborgan.
Bu transfer uchun "Bavariya"ga 40 million evro taklif qiladi. Futbolchining maoshi soliqlardan keyin yiliga 40 million evroga etishi mumkin.
Mane o'tgan yozda Myunxen klubiga kelib qo'shilgandi. Bundesliga doirasida u 25 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!