Mbappe arablarning dahshatli taklifini qabul qilmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 79
"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe Saudiya Arabistoni chempionatiga o'tmaydi, deya xabar bermoqda L’Equipe nashri.
Hatto Saudiya klubi taklif qilayotgan shartnomaning "aqldan ozgan" shartlari ham 24 yoshli frantsiyalik futbolchining qaroriga ta'sir qilmaydi.
Oldinroq "Al-Hilol" Mbappega taklif bilan chiqqani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi. Arablar "PSJ"ga 200 million evro, Mbappe esa 400 million evro va ikki yillik shartnoma to'lashga tayyor edi.
Kilian Yaponiyadagi mavsumoldi safari uchun jamoadan chetlatildi. "PSJ" rahbariyati kelasi yil tugaydigan shartnomani uzaytirishni istamagani uchun uni shu yozda sotish niyatida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!