"Al-Hilol" Malkom uchun 70 million evro sarflamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37
Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi "Zenit" bilan hujumchi Malkomning transferi borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.
Jurnalist Ekrem Qonurning xabariga ko'ra, osiyoliklar taklifni 70 million evrogacha oshirgan.
Bunday savdo Malkomni RPLning eng qimmat transferiga aylantiradi.
Malkomga "Al-Hilol" 3 yillik shartnoma asosida yiliga 18 million evro maosh to'lashi xabar qilingandi.
Futbolchi RPLning o'tgan mavsumida 27 o'yinda 23 ta gol urdi. 2019 yilda "Zenit" Malkom uchun "Barselona"ga 40 million evro to'lagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!