"Real"da Mbappe uchun pul yo'q
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 81
"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappening kelajagi noma'lumligicha qolmoqda.
Radio Marca xabariga ko'ra, 24 yoshli hujumchiga "Real" va Saudiyaning "Al-Hilol" klublari qiziqish bildirmoqda. "Qaymoqranglilar" futbolchiga jiddiy qiziqish bildirganiga qaramay, hozircha unga rasmiy taklif bilan chiqqani yo'q. Shu bilan birga Saudiya klubi Kilian uchun 220 million evrodan ko'proq to'lashga tayyor.
Madridda kelasi yozda shartnomasi tugaydigan futbolchi uchun bunday pul to'lashga tayyor emaslar.
Mbappe o'tgan mavsumda 29 ta gol bilan Liga 1ning eng yaxshi to'purari bo'lgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!