"Galatasaroy" Zaxa bilan shartnoma imzolashga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25
"Kristal Pelas"dan ketganidan so'ng erkin agent maqomiga ega bo'lgan ivuarlik hujumchi Uilfrid Zaxa Turkiya chempionatiga o'tishi mumkin. Daily Mail xabariga ko'ra, 30 yoshli futbolchining xizmatlariga Istanbulning "Galatasaroy" klubi qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ma'lum bo'lishicha, turk giganti afrikalik futbolchiga yiliga to'qqiz million evro maosh bilan mehnat shartnomasini taklif qilishga tayyor.
Uilfrid 2015 yildan beri “Kristal Pelas” safida to'p tepib kelayotgandi. Hujumchi Angliya Premer-ligasining so'nggi mavsumida 27 ta o'yinda maydonga tushdi. Kot-d'Ivuarlik futbolchi 7 ta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!