"Manchester Siti" futbolchisiga APLning o'zidan taklif bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 40
"Manchester Siti"da to'p tepayotgan 29 yoshli ispaniyalik himoyachi Emerik Laport faoliyatini Angliya Premer-ligasining boshqa klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Daily Star jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchining xizmatlariga "Kristal Pelas" qiziqish bildirmoqda. Laportning o'zi ham "shaharliklar" lageridagi kelajagiga ishonchi komil emas va shu sababli faoliyatini London jamoasida davom ettirish variantini ko'rib chiqishi mumkin.
2022/2023 yilgi mavsumda Emerik barcha musobaqalarda 24ta o'yinda qatnashdi. Himoyachining "Siti" bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2025 yilning o'rtalarigacha hisoblangan. Uning transfer narxi 25 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!