"MYu"ning sobiq hujumchisi 36 yoshida faoliyatini yakunladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 67
36 yoshli italiyalik hujumchi Juzeppe Rossi faoliyatini yakunlaganini ma'lum qildi.
Juzeppe "Parma", "Manchester Yunayted", "Nyukasl", "Vilyarreal", "Fiorentina", "Levante", "Selta", "Jenoa", "Solt Leyk" va SPAL klublarida o'ynagan.
Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, hujumchi 363 ta o'yinda 132 ta gol urgan va 41 ta golli uzatmani amalga oshirgan, shu jumladan, "Sariq suv osti kemasi" tarkibida 82+25 ta.
Shuningdek, u Italiya terma jamoasi safida 30 o'yinda 7 ta gol urgan.
O'z faoliyati davomida Rossi kamida to'rt marta tizzasidan jiddiy jarohat olgan, shu sababli u jami 1000 kunni o'tkazib yuborgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!