"Fiorentina" Arturning kelishini rasman tasdiqladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26
“Yuventus” yarimhimoyachisi Artur Melo faoliyatini “Fiorentina”da davom ettiradi.
Klub ijtimoiy tarmoqlarida Florentsiyaga etib kelgan braziliyalikning surati paydo bo'ldi. Futbolchi 2023/24 yilgi mavsum oxirigacha jamoada ijara asosida o'ynaydi. Italiya matbuotiga ko'ra, "Fiorentina" ijara uchun 2 million evro to'laydi, "Yuventus" esa bonuslar ko'rinishida yana 2 million ishlab olishi mumkin.
“Biz bu shartnoma ustida ko'p mehnat qildik. Artur murabbiyga juda kerak edi, u bizning yarim himoyamizni kuchaytiradi”, dedi “Fiorentina” bosh direktori Jo Barone.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!