Messi - "Inter Mayami"ning sardoriga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37
54"Inter Mayami"da jamoa sardori tayinlovi bo'lib o'tdi. Jurnalist Gaston Edulning yozishicha, sardorlik bog'ichi shu yilning yozida jamoaga kelib qo'shilgan 36 yoshli argentinalik hujumchi Lionel Messiga ishonib topshirilgan.
Jahon chempioni 2022/2023 yilgi mavsum yakunida erkin agent sifatida Florida shtati jamoasiga kelib qo'shildi. Tomonlar 2025 yilgacha mo'ljallangan shartnoma tuzdilar. "Inter Mayami"da Messi 10-raqamda harakat qiladi.
Lionel 21 iyul kuni "Kruz Azul"ga qarshi yangi jamoadagi debyut uchrashuvini o'tkazishi kutilmoqda.
Hujumchi AQShga ko'chib o'tgunga qadar Frantsiyaning “PSJ” klubida ikki yil o'ynadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!