"MYu" Maguayr bo'yicha takliflarni kutmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 39
"Manchester Yunayted" himoyachi Garri Maguayrning kelajagi borasida bir qarorga keldi.
The Athletic nashri xabariga ko'ra, "mankunianliklar" futbolchini sotmoqchi va uni transfer qilish bo'yicha takliflarni kutishmoqda.
Manbaning qayd etishicha, hozircha Maguayr bo'yicha rasmiy takliflar bo'lmagan. Avvalroq Britaniya matbuotida himoyachiga "Chelsi" va "Vest Xem" klublari qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Garri 2019 yilning yozida "Lester"dan "Manchester Yunayted"ga o'tgan edi. Uning shartnomasi 2024/2025 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi va transfer narxi 20 million evroga baholanmoqda.
Maguayr o'tgan mavsumda APLda 16 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta sariq kartochka oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!