Onana shu hafta "MYu"dagi debyutini o'tkazishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 39
Kamerunlik darvozabon Andre Onana shanba kuni "Manchester Yunayted"da debyut qilishi mumkin.
Jurnalist Jeyms Dukerning xabar berishicha, kamerunlik posbon hafta oxirida "Arsenal"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etishi mumkin.
Manbaning aytishicha, Onana allaqachon Nyu-Yorkka etib borgan va u erda "Manchester Yunayted" yig'iniga qo'shiladi. Eslatib o'tamiz, avvalroq “qizil iblislar” “Inter” klubi bilan Andrening transferi uchun barcha shartlarni kelishib olgan edi.
“Inter” bir yil avval Onanani tekinga o'z safiga qo'shib olgandi, endi esa uning sotuvidan bonuslarni hisobga olmaganda kamida 50 million evro ishlab olishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!