"Yuventus" "Barselona"ga Kesse evaziga Kezani berishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 44
Turinning "Yuventus" klubi "Barselona" yarim himoyachisi Frenk Kesseni qo'lga kiritish yo'lini topdi.
Calciomercato nashri xabariga ko'ra, "keksa sinora" ivuarlik futbolchi evaziga o'z hujumchisi Federiko Kezani taklif qilishga tayyor.
Manbaning xabar berishicha, "Yuventus" rahbariyati hali yangi shartnoma imzolashni xohlamayotgan Keza bilan xayrlashishga qarshi emas. "Barselona" bunday transferga jiddiy qiziqish bildirishi mumkin, chunki italiyalik futbolchi hujumda o'zgaruvchanlikni qo'shishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Kesse avvalroq "Atalanta" va "Milan" klublari sharafini himoya qilgan A Seriyaga qaytishga tayyor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!