"Arsenal" vingeri Saudiyaga borishdan bosh tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 58
"Arsenal" vingeri Nikolya Pepe Saudiya Arabistoniga borishdan bosh tortdi.
Nomi oshkor etilmagan Saudiya klubi 28 yoshli futbolchiga har xil bonuslarni hisobga olmaganda yiliga taxminan 5 million evro to'lashga tayyor edi, biroq ivuarlik futbolchi bu transferga rozi bo'lmadi, deya xabar beradi jurnalist Jeyms Benge. Tomonlar muzokaralarni yakunladi.
Nikolya Pepe o'tgan mavsumni ijara asosida Frantsiyaning "Nitstsa" jamoasida o'tkazdi va u 28 uchrashuvda 8 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt ekspertlarining fikricha, futbolchining transfer narxi 18 million evroni tashkil qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!