«Paxtakor» Markaziy Osiyo derbisida yana g'alaba qozondi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22
"Paxtakor" bugun Olma-Ota shahrida "Qayrat" klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. Bahs taqdirini o'yin so'ngida kiritilgan gol hal qildi.
Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarning ikkinchisi o'tib borayotganida toshkentliklar xavfli qarshi hujum tashkil etishdi. O'ng tomondan etkazilgan uzatmani himoyachi qaytardi, ammo o'sha joyda paydo bo'lgan Banashak darvozani ishg'ol qildi.
Ma'lumot o'rnida. Ushbu jamoalar joriy yilning fevral oyida Toshkentda o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishgandi. Unda Shatskix jamoasi 4:3 hisobida g'alaba qozongandi.
Xalqaro o'rtoqlik uchrashuv
«QAYRAT» - «PAXTAKOR» - 0:1 (0:0)
Gol: Banashak (90+2).
«Qayrat»: Danil Ustimenko, Maki Banyak, Bayjan Madelxan, Sergey Keyler, Egor Tkachenko, Erkebulan Seydaxmet, Aleksandr Shirobokov, Dmitriy Sergeev, Andrey Ulshin, Anton Krachkovskiy, Artur Shushenbaev.
«Paxtakor»: Quvvatov, Alijonov, Hamraliev, Azmiddinov, Sayfiev, Hamrobekov, Sobirxo'jaev, Hamdamov, Cheran, Turg'unboev, Banashak.