Xarri Keynning taqdiri bir insonning qo'lida qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 68
"Bavariya"ning hujumchi sotib olishi bir inson qo'lida qolgan. Xabarlarga ko'ra, Xarri Keynni sotib olish uchun Germaniya giganti Daniel Levi bilan kelishishi kerak. Ayni damda Keyn taqdiri Levi beradigan qarorga bog'liq bo'lib turibdi.
Hujumchining "Tottenxem"dagi kelajagi ayni damda noaniqligicha qolmoqda. Keyn ketishni istaydi. Ammo London klubi 28 yoshli futbolchini 100 million funtdan kamiga qo'yib yubormoqchi emas. "Bavariya"ning eng so'nggi 80 million evrolik taklifi esa rad etilgan edi.
Manba: caughtoffside.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!