"Barselona" Feliksni sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 44
Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Joau Feliks “Barselona”ga o'tish orzusiga etishi mumkin. Eslatib o'tamiz, yaqinda portugaliyalik intervyu berib, unda "ko'k-anorranglilar" safida o'ynash orzusi haqida gapirgan edi.
Jurnalist Manu Saynsning yozishicha, "Barselona" rahbariyati Feliksning transferini moliyaviy tomondan ko'tara olishiga ishonmoqda. Kataloniyaliklar "Atletiko" Joauni yana ijaraga berishga rozi bo'lishiga umid qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Feliks o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini Londonning "Chelsi" jamoasida o'tkazgan va u erda Angliya Premer-ligasida uchta gol urgan edi. “Ko'klar” “Atletiko” 100 million evrodan ortiq baholagan futbolchini sotib olmaslikka qaror qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!