Nursulton Ro'ziboevning UFC'dagi navbatdagi raqibi Mahmud Murodovni enggan jangchi bo'ladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27
4 noyabr kuni Braziliyaning San-Paulo shahrida joylashgan Ibirapuera Gymnasium majmuasida navbatdagi UFC Fight Night musobaqasi bo'lib o'tadi.
Biz uchun ahamiyatlisi, mazkur oqshomda o'zbekistonlik Nursulton Ro'ziboev (35-8-2) oktagonga chiqishi rejalashtirilmoqda. U mezbon yurt vakili Kayo Borralo bilan to'qnash keladi. Bu haqda taniqli MMA insayderi Marsel Dorf xabar bermoqda.
Qizig'i, Kayo o'tgan yili Mahmud Muradovni mag'lub etgan edi. Nursulton UFC'dagi ikkinchi jangi orqali Mahmud uchun "o'ch olish" imkoniga ham ega bo'lmoqda.
Ma'lumot uchun, Nursulton Ro'ziboev UFC'dagi ilk jangini ham braziliyalik raqibga qarshi o'tkazdi. Bruno Ferreyraga (10-1) qarshi kechgan bahsda Ro'ziboev ilk raunddayoq nokaut bilan g'alaba qozongan edi.