Malkom Saudiyada yiliga 18 million evro ishlab oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 49
"Zenit" hujumchisi Malkom "Al-Hilol"ga o'tishga yaqin turibdi, deya xabar beradi insayder Nikolo Skira.
Manbaga ko'ra, 26 yoshli braziliyalik Saudiya klubi bilan 2026 yilgacha shartnoma imzolaydi, maoshi yiliga 18 million evroni tashkil qiladi.
Malkom 2019 yilda "Barselona"dan "Zenit"ga o'tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan. Hujumchi "ko'k-oq-ko'klar" safida barcha musobaqalarda 108 o'yinda 42 gol va 24 golga assistentlik qilgan.
Transfermarkt portali futbolchining narxini 30 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!