"Real" himoyachisi "Milan"ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 81
"Real" himoyachisi Aleks Ximenes faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi Relevo.
Italiyaliklar futbolchini ixtiyoriy sotib olish imkoniyati bilan bir yilga ijaraga olmoqchi. Bitim yaqin kunlarda imzolanishi kerak.
Ximenes o'tgan mavsumda "Kastilya" tarkibida o'ynagan. Jarohatlari tufayli futbolchi bor yo'g'i 7 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "Real" bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!