"Inter" ukrainalik darvozabon uchun 12 million evro taklif qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37
"Inter" va "Shaxtyor" o'rtasidagi darvozabon Anatoliy Trubin transferi bo'yicha muzokaralar qiyinligicha qolmoqda, deb xabar beradi Tuttomercatoweb.
Ukraina klubi futbolchi uchun 18 million evro so'rayapti, ammo milanliklarning taklifi ancha past – taxminan 12 million evro.
"Inter" 27 iyul kuni Yaponiyadagi birinchi o'yin o'tkazishidan oldin Andre Onananing o'rniga darvozabon sotib olmoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!