"Liverpul" katta mablag' ishlab olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 60
"Liverpul" vingeri Luis Diaz Saudiya Arabistoniga o'tishi mumkin.
26 yoshli futbolchining transferiga “Al-Hilol” klubi qiziqmoqda. Record xabariga ko'ra, riyodliklar bosh murabbiyi Jorje Jezush Diazni jamoada ko'rishni istamoqda va klub “Liverpul”ga 50 million evro taklif qilishga tayyor.
Biroq britaniyaliklarning bu summaga vingerni sotishga rozi bo'lish ehtimoli past.
Kolumbiyalik 2022 yilning qishida "Portu"dan "Liverpul"ga o'tgandi. Premer-liga doirasida u 30 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!