Kim Min Chje Myunxen klubiga o'tgani haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 41
"Bavariya"ga yangi kelgan Kim Min Chje "Napoli"dan Myunxen klubiga o'tgani haqida fikr bildirdi. 26 yoshli futbolchining shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
"Bavariya" - har bir futbolchining orzusi. Men Myunxenda nima bo'lishini intiqlik bilan kutyapman. Bu men uchun yangi boshlanish. Men bu erda rivojlanishda davom etaman. Klub bilan bo'lgan suhbatlarda ular menga qanchalik qiziqish bildirishayotgani boshidanoq ayon bo'ldi. Mening birinchi maqsadim ko'p o'yin o'tkazish. Qolaversa, imkon qadar ko'proq sovrin yutishni istayman", - deya futbolchining so'zlarini keltiradi Myunxen matbuot xizmati.
Kim Min Chje o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.