Rasman! "MYu" Reshford bilan shartnomani uzaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43
Markus Reshford "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda "qizil iblislar" matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Hujumchining klub bilan yangi shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Reshford - "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi. U 2016 yilda jamoadagi debyutini o'tkazgan va shundan so'ng “Manchester Yunayted” safida 359 ta o'yin o'tkazib, 123 ta gol urgan.
2022/23 yilgi Premer-liga mavsumida Markus 35 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!