Sharifa Davronova – Osiyoning eng yaxshi yosh engil atletikachisi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21
Engil atletikachi Sharifa Davronova Osiyoning eng yaxshi atletikachisi deb topildi.
Engil atletikaning uch hatlab sakrash yo'nalishi bo'yicha yoshlar o'rtasida Osiyo va Jahon chempioni, Konya—2021 Islom birdamligi o'yinlari g'olibi Sharifa Davronova Osiyo engil atletika assotsiatsiyasi tomonidan “Yilning eng yaxshi yosh engil atletikachisi” deb topildi. Bugun Osiyo engil atletika assotsiatsiyasi vitse-prezidenti, O'zbekiston engil atletika federatsiyasi raisi o'rinbosari Andrey Abduvaliev ushbu sovrinni Davronovaga topshirdi.
Ma'lumot uchun, joriy yil hisobidan Osiyo miqyosida yoshlar o'rtasida o'tadigan musobaqalar yakuniga etdi. Davronova 2023 yil Toshkent mezbonlik qilgan Osiyo chempionatida 13.99 metr natija qayd etgan. Bu yil davomida nafaqat qit'a, balki jahon miqyosida yoshlar toifasidagi eng yuqori ko'rsatkich bo'lib turibdi.