"Nyukasl" etakchisi Saudiya Arabistoniga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 46
Angliyaning "Nyukasl" klubi etakchilaridan biri Allan Sen-Maksimen Saudiya Arabistoni klubi futbolchisiga aylanishi mumkin.
Jurnalist Kreyg Xoupning so'zlariga ko'ra, frantsiyalik futbolchi Shotlandiyaning "Reynjers" jamoasiga qarshi bo'lib o'tadigan o'rtoqlik o'yini ishtirok etmasligi mumkin.
Qayd etilishicha, Premer-liga klubi rahbariyati hujumchining ehtimoliy transferi yuzasidan Saudiya Arabistoni jamoasi vakillari bilan bog'langan. Sent-Maksimenning kelajagi yaqin kunlarda aniqlanadi.
Eslatib o'tamiz, Allan Sen-Maksimen 2019 yildan beri "Nyukasl"da o'ynab kelmoqda. Transfermarkt portali 26 yoshli hujumchining narxini 32 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!