"PSJ" bilan shartnoma imzolagan Xavi Simons Germaniyaga etib keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32
Yarim himoyachi Xavi Simons faoliyatini "Leyptsig"da davom ettiradi.
Niderlandiyaning PSV klubi yarim himoyachisi Xavi Simons "PSJ" bilan 4 yillik shartnoma imzoladi, deya xabar bermoqda L’Equipe nashri.
Biroq, Xavi Simons to'g'ridan-to'g'ri "PSJ"ga o'tishdan oldin bir yilni "Leyptsig"da ijara asosida o'tkazadi. Qayd etilishicha, yarim himoyachi nemis klubi bilan shartnoma imzolashdan avval tibbiy ko'rikdan o'tish uchun "Leyptsig"ga etib kelgan.
O'tgan mavsumda yarim himoyachi PSV safida barcha turnirlarda 48 o'yin o'tkazib, 22 gol urgan va 12 golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!