Rasman! "PSJ" futbolchisi Bundesliga klubiga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 57
Germaniyaning "Leyptsig" klubi Frantsiyaning "PSJ" klubidan 18 yoshli markaziy himoyachi El-Shadal Bitshiabuning transferini yakunladi.
Transfer summasi bonuslar bilan birga 15 million evroni tashkil qildi.
Shartnoma 2028 yilning yoziga qadar tuzilgan.
1,96 metr uzunlikdagi himoyachi Frantsiya U-19 terma jamoasi a'zosi bo'lib, uchta o'yin o'tkazgan. U "PSJ"ning asosiy tarkibida 16 ta o'yin o'tkazgan (721 daqiqa).
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!