UEFA tomonidan eng katta jarimaga uchragan klublar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 89
Futbolda katta va boy klublar ustunlikka erishadi. Bu qudrat moliyaviy barqarorlik bilan chambarchas bog'langan. Boshqacha qilib aytganda, muvaffaqiyatlarga erishish uchun yaxshigina pulingiz bo'lishi va uni xarajat qilishingiz kerak. Biroq, harajatlar miqdorini ham chek-chegarasi bor. Bu cheklovni esa "Moliyaviy Feyr Pley" deb atalmish UEFAning maxsus nazorat qoidalari o'rnatadi. Qabul qilingan qoidalardan chetga chiqqanlar, qattiq jazolanishi turgan gap. Quyida klublardan qoidabuzarlik uchun UEFA tomonidan undirilgan eng yirik summalarni bilib olasiz.
10. "Manchester Siti" – 10 million evro (2020)
Agarda o'zi ishini biladigan professional huquqshunoslar jamoasining harakatlari bo'lmaganida, "shaharliklar" bu ro'yxatni yanada oldi qatorida bo'lgan bo'lardi. 2020 yilning fevralidagi tekshiruvlardan keyin "Manchester Siti"ga ikki yillik EChLdan chetlatish va 30 million evro jarima tayinlanadi. Sport Arbitraj sudiga raddiya bilan chiqqan ingliz klubi, da'voni mag'lub etadi. Berilgan jarima keskin kamaytirilib, 10 millionga tushiriladi. EChL cheklovi esa olib tashlanadi.
9. "Zenit" – 12 million (2014)
Sankt-Peterburg klubi 2014 yilga qadar olti mavsum davomida birorta futbolchisini 1 milliondan ortiqqa sota olmagan edi. Biroq, 2014 yilning yozida "Zenit" 140 million evroga uchta yulduzni, Aksel Vitsel, Xalk va Salomon Rondonni xarid qiladi. Buni UEFA, feyr pley qoidalaridan chiqish deb baholab, rus klubiga 12 millionlik jarima belgilaydi.
8. "Milan" – 15 million evro (2022)
"Milan" uzoq kutilgan chempionligiga 2022 yilda erishgan edi. "Rossoneri"lar bu muvaffaqiyatga shunchaki etishmagan ekan. Negaki, mavsum davomida qaysidir qoidalar buzilib borgan. Oqibatda, UEFA "Milan"ga 15 million jarima soladi. Belgilangan pulning 2 millioni oldindan undiriladi. Qolganini esa bo'lib to'lashga ruxsat beriladi.
7. "Milan" – bir yillik taqiq (2019)
Li Yunxunning klub egasi sifatidagi davri g'alati kechgan. U 2018 yildan boshlab klubni boshqaradi. Ilk mavsum yakunida jamoa yangi rahbariyat sababli cheklovga tushadi. 2019 yilda "Milan" ELga yo'llanma oladi. Ammo taqiq sababli musobaqada ishtirok etmaydi. Oqibatda turnirdan keladigan ehtimoliy 21 million evro ham havoga uchadi.
6. "Yuventus" – 23 million evro (2022)
Oxirgi paytlarda "Yuventus"ning moliyaviy tizimi UEFA radari ostiga tushib qolgandi. 2022 yilda tashkilot 4 ta klubga jarima soladi. Ular ichida "Yuventus" bor edi. Turin klubi eng yirik jarimalardan biriga duchor bӯladi.
5. "Inter" – 26 million evro (2022)
Moliyaviy Feyr pley qoidalari hammaga teng ishlaydi. "Inter"ning sobiq rahbari Massimo Moratti o'z davrida 1.2 milliard evroni yangi transferlarga ajratadi. Bu esa ayrim qoidalarni buzilishiga olib keladi. Buning oqibatida qo'yilgan jarimani hozirgi rahbar bo'lmish Stiven Chjan to'lashga majbur bo'ldi.
4. "Roma" – 35 million evro(2022)
Joze Mourino doimo o'ziga kerakli bo'lgan haqiqatlarnigina tilga oladi. 2023 yilgi Evropa ligasi finaliga qadar "Roma" transferlar uchun 9 million evrogina sarflagan edi. Ammo Mourinoning birinchi mavsumi jami 128 million evrolik xarajat biladi o'tgan. UEFA buni ko'zdan qochirmadi va qilingan ish uchun 35 million evro oladigan bo'ldi.
3. "PSJ" – 60 million evro (2014)
2012 yilda sobiq UEFA prezidenti Mishel Platini shunday degandi: "Siz Parijdagi odamlar "PSJ" va Moliyaviy Feyr pley haqida o'ylaydi deb hisoblasangiz yangishasiz. Parijdagilar shaharda shunday nomdagi klub borligini ham bilmaydi. Bu er sizga London emas. Bu – Frantsiya!".
Shu gaplar aytilgan vaqtda Qatar sarmoyadorlari klubni qo'lga olgandi. Oradan bir necha yil o'tib, "PSJ"dagilar katta sarf-xarajatning tovonini to'lashdi.
2. "Manchester Siti" – 60 million evro (2014)
Shayx Mansurning klubdagi dastlabki 6 yilida transferlar uchun jami 750 million evro sarf qilinadi. Bu xarajat esa har yili 30 million zarariga ishlab bordi. Oqibatda Moliyaviy qoidalar "Manchester Siti"ga jarima solish kerak deb topdi. 60 million evro havoga uchdi.
1. "PSJ" – 65 million evro (2022)
Siz o'z harakatlaringizni doimo nazorat qila olmaysiz. Ammo jazo belgilanganidan keyin, ortga nazar tashlab nima bo'ldi degan savolga javob berish o'rinli bo'ladi. "PSJ"ga qo'llanilgan yirik jarima klub direktori Nosir Al-Xelayfining Evropa Superligasi loyihasiga bosh qo'shgani sabab yuz bergan. Ha, klub egalari boy bo'lgani uchun 65 million dengizdan tomchidir. Ammo Parij klubining obro'sini ham o'ylash lozim.
ISMATOV J.
Manba: planetfootball.com