"Bavariya" Laymer va Gerreyru taqdimotini o'tkazdi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32
"Bavariya" Konrad Laymer va Rafael Gerreyruni rasman tanishtirdi.
Laymer "Leyptsig"dan Myunxen klubiga tekinga o'tdi va 2027 yilgacha shartnoma imzoladi. 26 yoshli yarim himoyachi “Bavariya” safida 24-raqamda harakat qiladi.
Rafael Gerreyru Dortmundning "Borussiya"si bilan shartnomasi yakunlanganidan keyin "Bavariya"ga o'tdi. Portugaliyalik va myunxenliklar o'rtasidagi kelishuv 2026 yilgacha mo'ljallangan. Himoyachi klubda 22-raqam ostida o'ynaydi.
Dushanba kuni "Bavariya"ga yangi kelgan futbolchilar matbuot anjumani o'tkazishdi, unda klub bosh direktori Yan-Kristian Drezen ham ishtirok etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!