"Leyptsig" yana bir belgiyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31
Jurnalist Sasha Tavolerining xabar berishicha, "Leyptsig" “Genk”ning 24 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Mayk Trezorni o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Tavolerining so'zlariga ko'ra, klub va Trezor agenti o'rtasida allaqachon shartnoma bo'yicha muzokaralar bo'lib o'tgan, biroq ikki tomon o'rtasida hali transfer masalasi muhokama qilinmagan. Sportchi uni o'z safiga qo'shishga qiziqayotgan jamoalardan biri bo'lgan "Kristal Pelas"ga o'tishni istamasligini aytdi.
Trezor o'tgan mavsumni juda ishonchli o'tkazdi: 42 o'yinda 24 ta golli uzatma va 8 ta gol.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!