Obameyang "Marsel"ga o'tishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 46
"Chelsi" hujumchisi Per-Emerik Obameyang "Marsel"ga o'tishga yaqin.
Kelishuvdagi asosiy to'siq Liga 1 klubi uchun 34 yoshli futbolchining maoshi juda yuqori deb hisoblangan, ammo hozir tomonlar murosaga yaqin. Jurnalist Santi Aunaning yangilangan ma'lumotlariga ko'ra, Obameyang "Marsel" bilan shartnoma shartlari bo'yicha kelishib olmoqchi. "Oq-ko'k ranglilar" loyihasi gabonlikda katta taassurot qoldirdi. Hozircha “Chelsi” bilan transfer kelishuviga erishilmagan.
Per-Emerik Obameyang o'tgan mavsum boshida London klubiga kelib qo'shilgandi. U “ko'klar” safida 21 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!