Morata kelajagi borasida bir qarorga kela olmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 52
Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Alvaro Morata faoliyatini qaerda davom ettirishini bilmayapti. Futbolchiga “Inter”, “Roma” va Saudiya Arabistonining ikki klubi faol qiziqish bildirmoqda.
Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, ispaniyalik hujumchi hali kelajagi borasida bir qarorga kelmagan va hech qaysi klubga javob bermagan.
Xabar qilinishicha, "Inter" hujumchining transferi borasida "Atletiko" bilan muzokaralarni boshlagan. O'tgan mavsumda u barcha turnirlarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!