Laporta: "Gyundogan Xavining birinchi iltimosi edi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 67
"Barselona" prezidenti Joan Laporta yarim himoyachi Ilkay Gyundoganning transferi haqida fikr bildirdi.
“U Xavining birinchi iltimosi edi. Gyundogan tajribali futbolchi, u qanday yutishni biladi. U buni "Manchester Siti"da uddalagan, umid qilamanki, u bu erda ham buni uddalay oladi. Biz eng zo'r bo'lishni xohlaymiz”, - dedi Laporta.
32 yoshli futbolchi 2025 yilga qadar shartnoma imzoladi va shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish mumkin. Shartnomada tovon puli 400 million evro qilib belgilangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!