Reshfordning yangi shartnomaga ko'ra maoshi ma'lum qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 71
Markus Reshfordning "Manchester Yunayted" bilan yangi shartnomasining moliyaviy tafsilotlari ma'lum bo'ldi.
Tomonlar kelishuvni besh yilga, 2028 yilgacha uzaytiradi. Amaldagi shartnoma 2024 yilning iyunida tugaydi.
Hujumchining maoshi 1,3 barobarga oshadi - haftasiga 250 dan 325 ming funt sterlinggacha.
25 yoshli Reshford "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O'tgan mavsumda u 56 o'yinda 30 gol va 11 golga assistentlik qilgan. Angliyalik futbolchining bozor narxi 80 million evroni tashkil qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!