Begovich London klubi bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 87
Bosniyalik darvozabon Asmir Begovich rasman Londonning "KPR" klubiga o'tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 36 yoshli darvozabon erkin agent sifatida yangi jamoaga o'tib, bir yillik shartnoma imzoladi.
Eslatib o'tamiz, so'nggi ikki mavsumda Begovich APLning "Everton" klubiga tegishli edi. O'tgan mavsumda u liverpulliklar safida atigi bitta o'yinda maydonga tushib, bitta gol o'tkazib yuborgan. Faoliyati davomida u "Stok Siti", "Chelsi", "Qorabog'", "Bornmut", "Milan" va boshqa klublarda o'ynagan.
Transfermarkt portali tajribali darvozabonni 800 ming evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!