"Tottenxem" o'z futbolchisi Rossiya va Turkiya klublariga sotishni istamadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 74
"Tottenxem" klubi "Spartak" va "Galatasaroy"ning jamoa himoyachisi Davinson Sanches bo'yicha kelib tushgan taklifini qabul qilmadi.
Jurnalist Pipe Sierraning yozishicha, "shporlar" o'z futbolchisini 10 million evro taklif qilgan Moskvaning "Spartak" klubiga, shuningdek, Turkiyaning "Galatasaroy" jamoasiga sotishni xohlamadi.
Manbaning ta'kidlashicha, Sanches xizmatlariga yana bir qancha Evropa klublari qiziqish bildirmoqda, biroq hozircha ulardan "Tottenxem"ga takliflar bo'lmagan.
27 yoshli kolumbiyalik futbolchining inglizlar jamoasi bilan shartnomasi kelasi yozgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali Sanchesning narxini 15 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!