"PSJ"ning futbolchi almashtirish taklifi "Manchester Siti" tomonidan rad etildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 55
"PSJ" sport maslahatchisi Luish Kampush "Manchester Siti" bilan o'yinchi almashishga harakat qildi. Bu haqda Foot Mercato nashri xabar bermoqda.
"PSJ" rahbarlari "shaharliklar" yarim himoyachisi Bernardu Silvaning transferi borasida "Manchester Siti" bilan muzokaralar olib borayotgani ma'lum bo'ldi. Kampush parijliklar darvozaboni Janluiji Donnarumma va yarim himoyachi Marko Verrattini shartnomaga qo'shishni xohladi, ammo "Manchester Siti" rahbarlari buni rad etishdi.
Silva o'tgan mavsumda "shaharliklar" safida Premer-ligada 34 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!