"Yuventus" "Barselona"ga rasmiy taklif bilan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 65
"Yuventus" "Barselona"ga yarim himoyachi Frank Kessening transferi bo'yicha taklif bilan chiqdi.
Italiya matbuoti xabariga ko'ra, turinliklar 26 yoshli ivuarlik futbolchini 15 million evroga sotib olish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga olmoqchi. "Yuventus" Kessega yiliga 6,5 million evro to'lashga va sotib olish optsiyasi faollashtirilsa, 4 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor.
"Barselona" Kesseni 2022 yilning yozida tekinga o'z safiga qo'shib olgandi, biroq futbolchi "Kamp Nou"dagi debyut mavsumida La Ligada atigi 7ta o'yinda maydonga tushdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!