"Bavariya" Manening narxini oshirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 53
Qanot yarim himoyachisi Sadio Mane yozgi transfer oynasida “Bavariya”ni tark etishi mumkin. Oldinroq myunxenliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel senegallik futbolchi umidlarni oqlamaganini ochiq aytgandi.
Jurnalist Florian Plettenbergning yozishicha, "Bavariya" Manening narxini oshirgan. Myunxenliklar 31 yoshli vingerning transferidan 32 million evro va bonuslar ishlab olmoqchi.
Qayd etilishicha, Tuxel Mane bilan xayrlashmoqchi, garchi futbolchining o'zi "Bavariya"da qolishdan umidvor bo'lsa-da.
Mavsum davomida Sadio Mane "Bavariya"da 38 ta rasmiy o'yin o'tkazdi. Ularda senegallik futbolchi 12 ta gol urdi va sheriklariga 6 ta golli uzatma uzatdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!