Xvichaga APL klubi katta summa taklif etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 76
"Napoli"ning hujumkor yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliya faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirish imkoniyatiga ega, deb xabar beradi Calciomercato.
Italiyalik jurnalistlarga ma'lum bo'lishicha, gruziyalik yarim himoyachining transferiga "Nyukasl" qiziqmoqda.
Kvaratsxeliyaning xaridi uchun "zag'izg'onlar" rahbariyati neapolliklarga taxminan 90 million evro va bonus to'lovlarini taklif qilishga tayyor.
Xvicha o'tgan yozda “Napoli”ga 5 yillik shartnoma asosida kelib qo'shilgan edi. Jamoa bilan birgalikda u A Seriya chempioniga aylandi.
Italiya chempionatining so'nggi mavsumida yarim himoyachi 34 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va o'nta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!