"Inter" yarim himoyachisi Bundesliga klubiga o'tishga yaqin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32
"Inter" yarim himoyachisi Robin Gosens "Volftsburg"ga o'tishga yaqin turibdi, deya xabar beradi jurnalist Florian Plettenberg.
Manbaga ko'ra, "bo'rilar" 29 yoshli germaniyalikni 14 million evro evaziga majburiy sotib olish sharti bilan xarid qiladi. Shu bilan birga, "Union" hali ham futbolchidan umidini uzmagan.
Gosens “Inter” safida 2022 yilning yanvaridan buyon to'p tepadi. 2022/23 yilgi mavsumda u jamoa safida barcha musobaqalarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!