"Monako" hujumchisi Bundesligaga qaytmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30
"Monako" hujumchisi Kevin Folland faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi jurnalist Florian Plettenberg.
Manbaga ko'ra, 30 yoshli nemis futbolchisiga "Union" qiziqish bildirmoqda. Futbolchiga "Bayer" ham "og'iz solgan", biroq futbolchining o'zi Berlin jamoasiga o'tmoqchi. Transfer summasi 6-7 million evroni tashkil qiladi.
Folland o'tgan mavsumda "Monako" safida 22 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.
Avvalroq Folland "Bayer" hamda "Xoffenxaym" jamoalarida o'ynagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!