"Vilyarreal" Pau Torresga o'rinbosar topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 49
"Vilyarreal" "Aston Villa"ga ketgan Pau Torresning o'rniga markaziy himoyachi tanlashga qaror qildi.
Marca xabariga ko'ra, Kike Seten "Real"dan Rafa Marinni olmoqchi.
21 yoshli markaziy himoyachi shu yozda "qirollik klubi"ni butunlay tark etishi mumkin, ammo "Real Madrid" ushbu transferga sotib olish variantini ham qo'shmoqchi.
Avvalroq, Marin uchun kurashda “Betis” etakchilik qilayotgani xabar qilingandi. "Vilyarreal" hamon Rafa uchun kurashda imkoniyatlarni saqlab qolmoqda.
Eslatib o'tamiz, Pau Torresning "Aston Villa"ga sotilgani uchun "Vilyarreal" 33 million evro ishlab olgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!