"Real"ga 4 ta gol urgan futbolchi Rimga yo'l oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 187
"Latsio" "Nyu-York Siti" bilan hujumchi Tati Kastelyanosni sotib olish bo'yicha kelishuvga erishdi, deya xabar beradi insayder Fabritsio Romano. U ijara asosida "Jirona"da o'ynaydi.
Manbaga ko'ra, rimliklar 24 yoshli argentinalik uchun 15 million evro to'laydilar. Qayd etilishicha, futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari kelishib olindi. Keyingi haftaga tibbiy ko'rik rejalashtirilgan.
Kastelyanos o'tgan mavsumda "Jirona" safida 37 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. La Liganing bir o'yinida u "Real Madrid"ga qarshi (4:2) poker qayd etganini ham qayd etamiz.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!