Anchelotti Messining AQShda futbolni ommalashtirishiga ishonadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 39
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Lionel Messining “Inter Mayami”ga o'tganidan so'ng AQShda futbol ommalashgani haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.
“AQShda futbol juda mashhur sport turlari bilan raqobatlashadi. Messining "Inter Mayami"ga o'tishi tomoshabinlar qamrovining o'sishiga yordam beradi.
Stadionlardagi muhit hayratlanarli bo'ladi. Bu erda men bilan bog'liq yomon xotiralar bor, chunki Braziliyaga qarshi jahon chempionati finalida mag'lub bo'lganman”, - dedi Anchelotti.
Avvalroq, mutaxassis AQSh turnesi doirasida bo'lib o'tadigan "Real" - "Barselona" uchrashuvi haqida fikr bildirgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!