Van der Sarning holati bo'yicha ma'lumot berildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 49
"Ayaks" sobiq bosh direktori Edvin van der Sarning rafiqasi Annemari turmush o'rtog'ining ahvolini oshkor qildi.
“Edvin Xorvatiyadan olib kelindi va hozirda Niderlandiyada reanimatsiyada. Uning ahvoli bir xil: barqaror, hayot uchun xavfsiz holatda.
Edvin reanimatsiya bo'limida qolishi kerak, u erda keyingi tekshiruvlardan o'tadi va oilasi shundan so'ng uning tiklanishiga e'tibor qarata olishi mumkin", – deya Anamarining so'zlariga tayangan holda xabar beradi klub matbuot xizmati.
7 iyul kuni 52 yoshli gollandiyalik Xorvatiyada bo'lib turgan payt miyasiga qon quyilishi bilan kasalxonaga yotqizilgan edi. 2023 yilning may oyida mutaxassis "Ayaks" bosh direktori lavozimini tark etgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!